24 ming nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatila boshlandi

16:33 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
120 0

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish har doim muhim masala hisoblangan. Bugungi vaziyatda bu vazifa har qachongidan dolzarb. Ayniqsa, chekka qishloqlarda sifatli xizmat koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali turli kasalliklarning oldini olish mumkin. Asaka tumanidagi “Niyozbotir” MFYda tashkil etilgan oilaviy poliklinika ham 24 ming nafar fuqarolarga xizmat koʻrsata boshladi.

— Mahallamizning oʻzida zamon talablariga mos tibbiy maskanning barpo etilishi mushkulimizni oson qildi,-deydi mehnat faxriysi Abdullajon Abdusattorov. –Buning natijasida 5 ta mahallada yashovchi aholi zamonaviy tibbiy uskunalar va tajribali mutaxassislar xizmatidan bahramand boʻla boshladi.

1 milliard 600 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan tibbiy muassasa aholi salomatligini tiklash bilan bir qatorda tibbiy madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?