23 turdagi kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi markaz qurilishi boshlandi

10:03 30 Iyun 2020 Jamiyat
65 0

Kambagʻallikni bartaraf etish uchun fuqarolarni ish bilan taʼminlashning oʻzi kamlik qiladi. Zero, har bir ishning hadisini olgan, sirini oʻzlashtirgan kishigina baraka topadi. Bu borada Xoʻjaobod tumanida qurilishi boshlangan «Ishga marhamat monomarkazi» muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz. Zero, u foydalanishga topshirilgach, 23 turdagi kasb-hunarga yoʻnaltirish, 3 ta xorijiy tillarni oʻrgatish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, xorijga vaqtinchalik ketayotgan va qaytgan fuqarolarni ruhiy holatini moslashtirish, tadbirkorlik asoslari, biznes loyiha tuzishni oʻrgatish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻqitish va tadbirkorlikka jalb etish hamda aholiga yuridik xizmat koʻrsatish ishlari tashkillashtiriladi.
 

— Rossiya Federatsiyasiga mehnat qilish uchun borganimda rus tilida soʻzlasha olmasligim sabab juda qiynalganman,-deydi Xoʻjaobod tumanida istiqomat qiluvchi Rahimjon Asqarov. – Til bilgan, ishning koʻzini bilgan odam hech qayerda xor boʻlmaydi. Yangi barpo etiladigan markaz aynan men kabi zamondoshlarim uchun katta imkoniyat eshiklarini ochishiga ishonaman.
 

Ayni paytda markazning qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?