+223! Yurtimizning 9 ta hududida koronavirus qayd etildi

09:58 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
278 0

2020-yil 17-sentyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 385 (+223) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Namangan viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 11 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulugʻbek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 45 474 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?