+223! Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

16:59 12 Sentyabr 2020 Jamiyat
383 0

2020-yil 12-sentyabr soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46721 (+223) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida hamda 25 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 75 yoshli M.M. (ayol) hamda Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli F.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 193 nafar, Toshkent viloyatida 86 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 43359 (+336) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2978 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?