2,2 mlrd. soʻmga aldagan firibgarlar ushlandi

20:34 28 Avgust 2020 Jamiyat
251 0

2019-yilning sentyabr oyidan 2019-yilning dekabr oyiga qadar 30 yoshli Z.D. va 50 yoshli Yo.T. lar bir guruh boʻlib, oʻzganing mol-mulkini aldash va ishonchni suisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida oʻzlarini MCHJning rahbarlari sifatida tanishtirib, mineral oʻgʻit bahosi arzon boʻlgan vaqtda sotib olib, soʻng bahosi qimmatlashgan vaqtda sotish orqali foyda koʻrishni taklif etib, 42 yoshli A.D., ni ishonchiga kirib, Ohangaron tumani hududida undan 1 mlrd. 700 mln. soʻm va 44 yoshli A.A., dan 500 mln. soʻm miqdoridagi pullarni aldash yoʻli bilan qoʻlga kiritib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Z.D. va Yo.T., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?