22 ming dollar va 28,5 mln. soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan kadastr xodimi ushlandi

16:40 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
92 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbirda, “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” davlat korxonasi Oltiariq tuman filiali mutaxassisi E.M. va boshqalar fuqaro O.N.dan unga 5 gektar yer maydonini bogʻdorchilik uchun ajratish haqida tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 22 mingAQSH dollari va 28,5 mln. soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan E.M. va boshqalarga nisbatan JKning 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?