216 million soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar toʻxtatib qolindi

15:35 19 Avgust 2019 Jamiyat
100 0

Respublikamizga sifati kafolatlanmagan dori-darmon vositalarini noqonuniy olib kirish holatlariga qarshi bojxona xodimlari samarali kurash olib borishmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro X.S. boshqaruvidagi “GAZ-2834” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda Namangan shahri I.Karimov koʻchasida toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, ushbu yuk mashinasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 216 million soʻmlik 5434 ta qadoqdagi dori-darmon vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?