21 nafar sambochilarimiz Jahon chempionatida ishtirok etadi

15:18 08 Noyabr 2019 Sport
254 0

8-10-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chonju shahrida sambo va jangovar sambo boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻtkaziladi.

Dunyoning 86 mamlakatidan kelgan 800 nafar atlet ishtirok etadigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasidan 21 nafar sportchi qatnashadi.

Qayd etish lozim, mazkur turnir Xalqaro sambo assotsiatsiya taqvimidan oʻrin olgan eng muhim musobaqalardan biri hisoblanib, unda dunyoning eng kuchli sportchilari gilamga chiqadi.

Roman Shakirov va Jahongir Qoraboyevlar murabbiyligida Janubiy Koreyaga yoʻl oladigan terma jamoa tarkibi quyidagicha:

Erkaklar: Davlatjon Hamroyev, Aman Ganiyev, Sarbon Ernazarov, Neʼmat YOQubov, Ulugʻbek Rahmonov, Abbos Jalolov, Sardor Shovrikov, Sulton Isoqov, Avazbek Abdujalilov, Hakimjon Ismoilov, Istam Qudratov, Ilhomjon Yoʻldoshev, Zafar Allabergenov, Doston Rustamjonov, Jonibek Azizov, Sirojiddin Anorqulov, Bahodir Boqiyev.

Ayollar: Gulmira Ismatova, Zarnigor Oʻrmonova, Nodira Gulova, Gulasalxon Haydarova


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?