2030 yilga borib Toshkent shahri aholisi 12 million nafardan oshishi mumkin

20:48 11 Fevral 2019 Jamiyat
329 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida esa yana 24 million inson yashaydi.

Oʻzbekistonning urbanistik kelajagiga doir fikrlari bilan oʻrtoqlashar ekanlar, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr hamda “Calatrava Grace Corporation” kompaniyasi ijrochi direktori Maykl Sellman ana shunday nekbin prognozni bildirdilar.

Voqealar rivojining yana bir taxminiy yoʻnalishiga koʻra, kelgusida Namangan, Samarqand, Andijon, Buxoro va Nukus shaharlari Qarshi, Qoʻqon, Chirchiq, Fargʻona, Jizzax hamda Urganch shaharlarini quvib oʻtib, yirik markazlarga aylanadi. Toshkent yoki unga yaqin joylashgan ikkinchi darajali katta shaharlar atrofida yoʻldosh-shaharchalar bunyod etilishi ehtimoli ham bor.

Starr va Selmanning fikricha, Oʻzbekiston oʻrtadan yuqori darajadagi daromadli mamlakatlar sxemasi asosida rivojlansa, yaqin oʻn yilliklar ichida u mislsiz yuqori urbanizatsiyaga erishadi. Bu esa hozirning oʻzidayoq yiliga millionlab yangi shahar uylari qurish zaruratini koʻrsatib turibdi. Ayni paytda mamlakatda millionlab shahar uylariga ehtiyoj mavjud. Turarjoy yetishmovchiligi allaqachon yiliga 100 ming donadan ortmoqda. Oʻzbekiston bu oʻtkir muammolarni qanday hal etadi — javob topish oson emas.

Xoʻsh, loyihachi va meʼmorlar tarixiy, madaniy merosni qay darajada hisobga olishlari kerak? Bu — xalqaro konstruksiyalarga sof oʻzbekona, betakror naqshlarni shunchaki “yopishtirib qoʻyish”, degani emas. Madaniy va ijtimoiy anʼanalarga shunday koʻz bilan qarash lozimki, yangicha namunadagi uylar qadimiy qadriyatlarni inkor etmagan holda, ularga asoslansin. Oʻzbekistonlik va xalqaro darajadagi meʼmorlar loyihani amalga oshirishga kirishishdan avval keng jamoatchilik fikrini oʻrgansinlar. Mamlakatda hokimiyatning barcha boʻgʻinida xalq bilan muloqot tamoyili ilgari surilayotgani ham bejiz emas, axir.

Qiziqarli maqolaning toʻliq matnini gazetamizning kelgusi sonlaridan birida, shuningdek, saytimiz orqali tez fursatlarda oʻqishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?