2023 yilgacha Oʻzbekistonda barcha yoʻl belgilari almashtiriladi

12:43 20 Fevral 2019 Jamiyat
708 0

Illyustrativ foto

2023 yilga kelib koʻchalarda joylashgan barcha yoʻl belgilari yangilanadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllari qurilishi: yutuq va muammolar” mavzusida matbuot anjumani vaqtida maʼlum qilindi.

Qayd qilinishicha, 2018 yildan boshlab maxsus reja asosida avtomobil yoʻl belgilari va yoʻl koʻrsatkichlari sifat darajasini yaxshilash ishlari boshlab yuborilgan boʻlib, 2023 yilga qadar koʻchalardagi barcha belgilar toʻliq yangilanishi koʻzda tutilmoqda.

Maʼlumotga koʻra, Oʻzbekiston boʻyicha 170 ta yoʻl belgisi yetishmasligi aniqlangan. 81 mingdan ortiq belgilar magistral yoʻllarda, yana 25 mingga yaqin belgilar esa ichki mahalliy yoʻllarda oʻrnatilishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?