2022 yilgacha 26ta yangi madaniyat markazi quriladi, 121tasi taʼmirlanadi

16:42 08 Yanvar 2019 Madaniyat
890 0

Arxiv foto

Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2018 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilda koʻzlangan rejalar yuzasidan oʻtkazilgan anjumanda maʼlumot berildi.

Qayd etish joizki, Prezidentimizning 2018 yil 28 noyabrdagi qarori asosida tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu muassasalarni zamon talablariga mos taʼmirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari olib borilmoqda. 2019-2022 yillarda 147 ta madaniyat markazida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, 26 ta obyekt yangidan qurilsa, 45 tasi rekonstruksiya qilinishi belgilangan. Yana 76 ta madaniyat markazi kapital taʼmirlash ishlari olib boriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?