2021-yilda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati qoldirildi

23:25 16 Iyul 2020 Sport
247 0

Foto: Rossiya qilichbozlik federatsiyasi

2021-yilda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati qoldirildi. Bu haqda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) Ijroiya qoʻmitasi maʼlum qildi.

Misrda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan qilichbozlik boʻyicha 2021-yilgi Jahon chempionatini Yaponiyada oʻtkazilishi lozim boʻlgan navbatdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 2020-yildan 2021-yilga qoldirilgani sababli boshqa yilda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Jahon chempionati katta ehtimol bilan 2022-yilda boʻlib oʻtadi. Misr qilichbozlik federatsiyasi musobaqaga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?