2021–2027-yillarda Oʻzbekiston boʻylab 3471 ta lift yangisiga almashtiriladi

20:09 16 Fevral 2020 Jamiyat
135 0

Foto: www.google.com

2021–2027-yillarda koʻp kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini taʼmirlash va yangilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, 2021–2027-yillarda Respublika boʻyicha jami 3561 ta lift ulardan 90 tasini kapital taʼmirlash va 3471 tasini yangisiga almashtirish koʻzda tutilmoqda.

Unga koʻra, yuqorida qayd etilgan raqam hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 4;

Andijon viloyati – 22 ta;

Buxoro viloyati – 10 ta;

Jizzax viloyati – 6 ta;

Qashqadaryo viloyati – 6 ta;

Navoiy viloyati – 134 ta;

Namangan viloyati – 4 ta;

Samarqand viloyati – 157 ta;

Surxondaryo viloyati – 9 ta;

Toshkent viloyati – 5 ta;

Fargʻona viloyati – 30 ta;

Xorazm viloyati – 12 ta;

Toshkent shahri – 3162 ta;

Qaror loyihasi bilan tanishish va unga munosabat bildirish joriy oyning oxiriga qadar davom etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?