2020-yilgi Davlat dasturi tasdiqlandi

15:05 02 Mart 2020 Siyosat
1868 0

Fotо: 2020.strategy.uz

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston prezidenti farmoni imzolandi, deb xabar berdi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov.

Uning aytishicha, bu yilgi davlat dasturi 284 ta banddan iborat boʻlib, unda umumiy qiymati 18,2 trln soʻm va 10,3 mlrd AQSH dollariga teng loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Davlat dasturi loyihasi 320 ta banddan iborat holda jamoatchilik muhokamasiga havola etilgandi. Uning doirasida jami qiymati 17,5 trln soʻm va 9,6 mlrd dollarga teng loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?