2020 yildan boshlab byudjet qonun bilan tasdiqlanadi

10:56 25 Avgust 2018 Iqtisodiyot
370 0

Byudjet maʻlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʻlum qildi.

Qarorga muvofiq:

2020 yildan boshlab byudjet qonun bilan tasdiqlanadi;

2019 yildan boshlab byudjet mablagʻlarining kamida 10 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltiriladi;

davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari loyihalari hamda ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar jamoatchilik muhokamasi uchun eʻlon qilinadi.

2019 yil 1 yanvarga qadar byudjet xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun “Ochiq byudjet” axborot portali ishga tushiriladi. Unda davlat byudjeti, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, byudjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar va Hisob palatasi xulosalari eʻlon qilinadi.

Portal orqali fuqarolar bilan qayta aloqa tashkil etiladi va fuqarolar byudjet qonunchiligini buzish holatlari toʻgʻrisida xabardor qilish, byudjet jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish imkoniga ega boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?