2020 yilda Samarqandda ham yangi muz saroyi foydalanishga topshiriladi

13:54 11 Mart 2019 Sport
784 0

Foto: "Xalq so'zi"

2020 yilda Samarqandda ham yangi muz saroyi ochiladi. Bu haqda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasining vitse-prezidenti Bahodir Gʻofurov OʻzEOAVMA Media xollida oʻtkazilgan “Humo Arena” muz saroyining ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani vaqtida maʼlum qildi.

“Ayni vaqtda Samarqandda muz saroyini qurish ishlari olib borilmoqda. U 2020 yili foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan”, deya gapirib oʻtgan Gʻofurov.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida qurilishi yakunlanayotgan Humo muz saroyi joriy yilning 15 mart kuni ochilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?