2020-yilda fermerlar ixtiyorida qancha gʻalla qoladi?

21:50 15 Fevral 2020 Jamiyat
513 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va gʻalla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, davlat ehtiyojlari uchun paxta va gʻalla yetishtirish tizimidan qadamma-qadam voz kechish masalalari ham yigʻilishda batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, videoselektor yigʻilishida gʻalla hosilini gʻamlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Gʻallani davlat ehtiyoji uchun majburiy sotib olish tizimidan davlat zaxiralari tizimiga oʻtilmoqda va fermerlarga gʻallani erkin sotish huquqi berilmoqda. Bu masala oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlganligi bois davlatga majburiy gʻalla sotish tizimi ikki bosqichda bekor qilinishi rejalashtirilgan.

Bu yil yetishtiriladigan gʻalla hosilidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan hajmi kamaytiriladi. Yaʼni mamlakatimiz boʻyicha bu yil qoʻshimcha 1 million tonnadan ortiq gʻalla fermerlar ixtiyorida qoladi.

2021-yil hosilidan boshlab esa davlatga gʻalla sotish rejasi toʻliq bekor qilinib, mahsulotni bozor narxlarida sotib olish yoʻlga qoʻyiladi.

Yer ajratish borasidagi muammolar koʻrib chiqildi. Sugʻoriladigan maydonlar talon-torojiga chek qoʻyish, har bir qarich yerdan xalq manfaati yoʻlida samarali foydalanish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Shundan kelib chiqqan holda, joylardagi mutasaddilarning masʼuliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?