2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga birinchi yo‘llanma qo‘lga kiritildi

13:57 08 May 2018 Sport
219 0
Foto: Milliy Olimpiya qo`mitasi

Shu kunlarda Janubiy Koreyaning Chxonju shahrida paralimpiyaning o‘q otish sport turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Server Ibragimov 10m.ga pistoletdan otish buyicha bellashuvlarning final bosqichida 236.8 natija qayd etdi va kumush medal sohibiga aylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Server Ibragimov mazkur natijasi bilan hamyurtlarimiz orasida 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan birinchi sportchiga aylandi.

Chempionatning oltin va bronza medallari xitoylik sportchilar Yang Chao (237.2) hamda Xuan Xing (215.0)larga nasib etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz mazkur jahon chempionatida 25ta mamlakatdan 50 nafardan ortiq sportchi kuch sinashmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?