2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallari asosiy maktabga aylantiriladi

14:12 03 Noyabr 2018 Jamiyat
1287 0
Illyustrativ foto

Bu haqda 2 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda aytib oʻtildi.

Prezidentimiz belgilangan maktablardagi qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlash, markazlashgan investitsiya mablagʻlari hisobidan ularni jihozlash kerakligini taʼkidladi.

Hududlar talabidan kelib chiqib, litsey va kollejlarning boʻshagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish, 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish, maktab avtobuslari bilan tizimli taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?