2019 yilning 1 yanvaridan sirtqi ta’lim berish to‘xtatiladi

19:04 02 Avgust 2018 Dunyo
1116 0
Illyustrativ foto

2019 yilning 1 yanvaridan Qozog‘istonda sirtqi ta’lim berish to‘xtatiladi, deb yozadi Tengrinews.kz mamlakat ta’lim vaziri Yerlan Sagadiyevning ma’lumotlariga asoslanib.

Vazir bu haqida “Ochiq muloqot” portali orqali fuqarolar bilan qilgan muloqoti chog‘ida bildirib o‘tdi. U yangi yildan sirtqi ta’lim berish to‘xtatilishi, lekin ayni paytda shu shaklda ta’lim olishni davom ettirayotgan talabalar uchun o‘z o‘qishlarini tugatib olish imkoniyati berilishini ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, oliy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun muddatlar bekor qilinishi rejalashtirilyapti. Ya’ni bakalavriatni tezlashtirilgan rejimda tugallash imkonini beradigan dasturlarni oliy o‘quv yurtlarining o‘zlari aniqlaydi va ishlab chiqadi. O‘z navbatida OO‘Yuda pulli asosda ta’lim olish uchun belgilangan narxlarga oid norma bekor qilinadi. Pulli bo‘limlarga o‘qishga kirgan abituriyentlar uchun narxlarni Qozog‘iston universitetlarining o‘zlari mustaqil belgilaydi.

Shu yil iyul oyida ushbu davlat rahbari respublikadagi ta’lim tizimini tanqid qilib, mahalliy universitetlarda kadrlar tayyorlash sifati pastligi uchun yoshlar Rossiya OO‘Yuni afzal ko‘rishayotganini qayd etib o‘tgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?