2019-yilda Oʻzbekistonda inflyatsiya darajasi 15,2 foizni tashkil qildi

11:31 03 Yanvar 2020 Iqtisodiyot
382 0

Oʻzbekistonda oʻtgan yilning yanvar-dekabr oylarida isteʼmol bozoridagi tovar va xizmatlar narxlari 15,2 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida maʼlum qilingan.

Bu 2018-yildagi inflyatsiya darajasiga nisbatan 0,9 foizga koʻpdir. 2018-yilda isteʼmol sektoridagi narx va tariflarning oʻrtacha oʻsish surʼati 14,3 foizni tashkil etgandi.

Qayd etilishicha, oʻtgan yili narxlar har oy oʻrtacha 1,2 foizdan oshib borgan. Taqqoslash uchun, 2018-yilda bu koʻrsatkich 1,1 foizni tashkil qilgandi.

Narxlar eng koʻp oshgan oy oʻlaroq avgust (2,9%), eng kam oshgan oy sifatida esa iyun (0,5%) koʻrsatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?