2019 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi uchun 4 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratiladi

10:43 28 Dekabr 2018 Jamiyat
1110 0

Arxiv foto

Yangi yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi uchun 4 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish koʻzda tutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda davom etayotgan Prezidentimizning Oliy Majlis va deputatlarga Murojaatnoma poytaxt va viloyat markazlari boʻlgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish eʼtibor markazida turishi kerakligini qayd etdi.

Bosh vazir A. Aripov mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga yetkazish boʻyicha Davlat dasturi ishlab chiqish masʼul etib belgilandi.

“Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda koʻp qavatli uylar qurishga oʻtishimiz lozim. Kommunal-muhandislik infratuzilmasi uy-joylarni qurish bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanishi darkor”, dedi Prezidentimiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?