2019 yilda maktablarni qurish va taʼmirlash uchun salkam 1 trln soʻm yoʻnaltiriladi

09:59 26 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
691 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 19 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4067-sonli qarori bilan 2019 yilda umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturi ham tasdiqlanib, 975 mlrd. soʻmlik mablagʻ ajratildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Manzilli dastur doirasida 506 ta obyekt qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash koʻzda tutilgan. Jumladan, 22 ta yangi maktab qurilishi uchun 2019 yilda 128,97 mlrd. soʻm yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Maktablarning rekonstruksiyasi uchun 453,49 mlrd. soʻm va kapital taʼmirlash uchun 252,5 mlrd. soʻm ajratilgan.

Dastur doirasida maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida 44,4 mlrd. soʻm, Andijon viloyatida 74,44 mlrd. soʻm, Buxoro viloyatida 33,91 mlrd. soʻm, Jizzax viloyatida 40,62 mlrd.soʻm, Qashqadaryo viloyatida 86,2 mlrd.soʻm yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Namangan viloyatida ushbu maqsadlarga 74,54 mlrd.soʻm, Navoiy viloyatida 24,54 mlrd.soʻm, Samarqand viloyatida 97,85 mlrd.soʻm, Sirdaryo viloyatida 24,10 mlrd. soʻm, Surxondaryo viloyatida 70,81 mlrd. soʻm, Toshkent viloyatida 73,77 mlrd. soʻm, Xorazm viloyatida 52,27 mlrd. soʻm, Fargʻona viloyatida 74,28 mlrd. soʻm, Toshkent shahrida 63,2mlrd. soʻm mablagʻlar yoʻnaltirish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?