2019 yilda koʻpkari boʻyicha birinchi jahon chempionati Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi

14:16 10 Sentyabr 2018 Sport
352 0

Bu haqida akipress.org manbasi xabar berdi. Ushbu qaror Qirgʻizistonning Issiq-koʻl shahrida tashkil etilgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ishtirok etgan 11 davlat vakillari tomonidan qabul qilingan.

“Koʻpkari chempionati qaysi shahar va qaysi sanada oʻtkazilishi hozircha aniq emas, lekin qaror qabul qilindi: turnir kok-boru qoidalariga asosan “toʻyqozonlar” bilan boʻlib oʻtadi”, – dedi Qirgʻiziston Kok-boru federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov.

Bugungi kunda koʻpkari oʻyinining bir necha turlari mavjud.

Qirgʻizistonda qabul qilingan Kok-boru uslubida maydonning ikki chekkasida 2 ta ulkan “toʻyqozon” quriladi. Polvonlar uloqni raqib jamoa toʻyqozoniga solishi kerak. Taʼkidlash joizki, ushbu uslubda otlar va polvonlar qozonga urilib jarohat olish ehtimoli ham oshadi.

Qozogʻistonda qabul qilingan Kokpar uslubida esa toʻyqozonlar oʻrniga yerda aylanalar chiziladi. Jamoa ochko toʻplash uchun uloqni ushbu aylanalar ichiga keltirib tashlashi kerak. Qozogʻiston Kokparida jamoalar 3 taym oʻrniga 2 taym bellashadi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda 2-8 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan III Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida Kok-boru oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasi kumush medal sohibi boʻlgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?