2019 yilda GM Uzbekistan avtomobillari narxi arzonlashadi

12:49 30 Iyul 2018 Jamiyat
1596 0
Foto:GM Uzbekistan

GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobil narxlari 2019 yilda arzonlashtiriladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ma’lum qildi.

“Butlovchi qismlarning narxini 20 foizga tushiramiz. Albatta bu tez bo‘lmaydi, barchasi asta-sekin amalga oshiriladi. Bu hali shu paytga qadar bo‘lmagan voqea.

Yil oxirigacha butlovchi qismlarning narxi 20 foizga tushirilsa, avtomobil narxini 9 foizga tushirishga erishamiz. Sizga va’da berib aytamanki, keyingi yil avtomashinalar narxi, albatta, tushadi» degan Shavkat Umurzoqov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?