2019 yilda Fransiyada “O‘zbekiston kuni” o‘tkaziladi

11:23 24 May 2018 Siyosat
2126 0

Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (Xalqaro Epizootik Byuro) assambleyasining 86-bosh sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi B.Norqobilov Xalqaro Epizootik Byuro bosh direktori M. Elua bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat veterinariya qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Xalqaro Epizootik Byuro o‘rtasidagi hamkorlikni kelgusida yanada mustahkamlash yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, 2019 yilda 181 davlat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan assambleyaning navbatdagi sessiyasida bir kunni “O‘zbekiston kuni” etib belgilash va uni nishonlashga kelishildi. 

Tashkil etiladigan “O‘zbekiston kuni” doirasida O‘zbekistondan yetishib chiqqan mutafakkir, allomalar haqida, yurtimizning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlari haqida ma’lumotlar ham beriladi. Shuningdek, o‘zbek milliy taomlari tortilib, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz teatrlashtirilgan tarzda namoyish etiladi.

Uchrashuvda yaqinda tashkil etilgan Samarqand veterinariya meditsinasi institutida hamkorlikda loyihalar amalga oshirish, yuqori malakali veterinariya mutaxassislarini tayyorlash borasida ham kelishuvga erishildi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019