2019-yilda dunyodagi eng boy odamlarning soni 10 foizga oshdi

17:09 13 Fevral 2020 Iqtisodiyot
432 0

Illyustrativ surat

2019-yilda sayyoramizdagi juda boy odamlarning soni 10 foizga oʻsib, 2,7 million nafarga yetgan.

Bu haqda Wealth-X tahliliy kompaniyasi maʼlumot tarqatdi. Kompaniya juda boy odamlar deya boyligi 5 dan 30 million dollargacha boʻlganlarni qayd etmoqda.

Oʻtgan yili ularning boyliklari ham 10 foizga oʻsib, 26,6 trln. dollarni tashkil qildi.

Juda boy odamlar sonining oʻsishi boʻyicha Shimoliy Amerika yetakchi boʻlib, bu hududda ularning kapitalining umumiy qiymati taxminan 15 foizga oshdi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda dunyodagi boy odamlarning oʻsishi atigi 1 foizni tashkil etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?