2019 yil Toshkentda nufuzli xalqaro moda haftaligi oʻtkaziladi

15:35 10 Oktyabr 2018 Madaniyat
176 0
Foto: Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati

Oʻzbekiston vakillari Qozogʻistonda oʻtkazilgan xalqaro moda haftaligida ishtirok etdi.

Taraz shahrida tashkil etilgan “Aspara Fashion Week” Xalqaro moda haftaligi oʻzbekistonlik dizaynerlarning ishlari AQSH, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Hindiston, Gruziya, Xitoy, Gollandiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, tadbir doirasida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Qozogʻiston Respublikasi “ATAMЕKЕN” tadbirkorlar palatasi hududiy boʻlimi va “Qozogʻiston tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi” Respublika nodavlat jamoat tashkiloti rahbarlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Ayollar va oilaviy demografiya siyosati milliy komissiyasi oʻrtasidagi anglashuv memorandumi doirasida qoʻmita taʼsischiligida tashkil etilgan “Nafis Travel” MCHJ bilan Qozogʻiston Respublikasi Jambil viloyati “Ichki va tashqi turizm assotsiatsiyasi” hamda “Jambil Turizm sanoati assotsiatsiyasi” oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. “Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligini 2019 yilda Toshkent shahrida oʻtkazishga kelishib olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?