2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari oʻtkaziladi

19:21 22 Yanvar 2019 Jamiyat
1504 0

Illyustrativ foto

Bu haqda Adliya vazirligining Telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/huquqiyaxborot kanalida xabar berildi.

Orolboʻyidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olib, mintaqada ekologik holatni hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari oʻtkaziladi.

Xayriya hasharini oʻtkazish doirasida mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar hamda qabristonlar, ariqlar, koʻchalar va yoʻlaklar, shuningdek, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi.

Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya oʻrmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni hamda aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish kabi tadbirlarga yoʻnaltiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?