2019 yil 1 yanvardan “Ochiq byudjet” axborot portali ishga tushiriladi

15:57 27 Avgust 2018 Iqtisodiyot
532 0

Prezidentimizning “Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaror bilan bir qator yangi tizim joriy etiladigan boʻldi.

Qarorga koʻra, 2019 yil 1 yanvardan “Ochiq byudjet” axborot portali ishga tushiriladi. Unda byudjetning daromad va xarajatlari holatini jamoatchilik nazorati asosida olib borishga oid loyihalar aks ettiriladi. Qolaversa, portalda turli tadbirlarni moliyalashtirishga qaratilgan muhokamalar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Muhokamalar jarayonida xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida qayta aloqa tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Asosiysi, portal byudjet qonunchiligini buzish holatlari haqida aholiga maʼlumot berib borish hamda sohaga oid mavjud hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni olishga ham xizmat qiladi. Fuqarolarning portalga yuborgan takliflari esa Qonunchilik palatasida mazkur hujjatlarni qabul qilishda eʼtiborga olinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019