2019 yil 1 yanvardan koʻchaga tupurganlar ham jarima toʻlaydi

15:00 21 Dekabr 2018 Dunyo
1762 0

Arxiv foto

2019 yil 1 yanvardan boshlab Qirgʻizistonda koʻchaga tupurganlik uchun jarima solinadi. Yangi norma haqida 20 dekabr kuni merlik tomonidan tashkil etilgan “Toza havo uchun!” ommaviy aksiyasida eʼlon qilindi. Sanitariya-ekologiya inspeksiyasi xodimlari, OTM talabalari ichidan koʻngillilar va boshqa faollar poytaxt koʻchlaridan trolleybusda oʻtib, fuqarolarni ekologiyani asrab-avaylashga chaqirgan.

Xususan, shu boʻyicha plakatlarda 2019 yil 1 yanvaridan Qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeks kuchga kirishi haqidagi maʼlumot joy olgan. Shahar obodonchiligi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshiriladi. Shuningdek, unga “Tupurish” bandi ham qoʻshilgan boʻlib, undagi jarima narxi 5500 som etib belgilangan.

Yangi kodeks 2018 yil avgust oyida qabul qilingan edi. Uning 71-moddasiga muvofiq, tupurish maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash va yoqish bilan tenglashtiriladi, unga uchinchi kategoriyadagi jarima belgilanmoqda.

Ayni paytda bu toifadagi jarima miqdori 5500 som (78,8 AQSH dollari)ga teng. Sanoat chiqindilarini tashlash va yoqish, shuningdek, xazonlarni yoqish esa toʻrtinchi kategoriyadagi jarima bilan jazolanadi. Yaʼni buning uchun 7,5 ming som(107,4 dollar) toʻlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?