2019 yil 1 yanvardan xaridorlarga polimer plyonkali paketlarni bepul berish taqiqlanadi

17:36 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
116 0
Foto: Nuz.uz

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar:

1. 1-ilovada:

a) 25-bandga (Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega boʻlgan tovarni idishda va (yoki) oʻralgan holda, muayyan toʻplamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli boʻlgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshildi:

“Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni uz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi”;

b) 163-bandga quyidagi mazmundagi soʻzlar qoʻshildi:

“(alohida polimer plyonkali paketlarga oʻrash (joylash) bundan mustasno)?ʻ;

v) 189-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshildi:

“polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”;

g) 190-bandga quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi qoʻshildi:

“polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”;

oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblanadi.

2. 2-ilovada:

a) 19-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshildi:

“Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi”;

ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblanadi;

b) 25-bandga kuyidagi mazmundagi xatboshi bilan qoʻshiladi:

“polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”.

Ushbu qaror 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?