2019-2020 oʻquv yili qabulida abituriyentlar uchun qanday imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda?

16:56 04 Iyul 2019 Jamiyat
620 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Yangi oʻquv yilida OTMlarga qabul kvotalari qariyb 20 foizga oshirilib, 120 mingdan ortiq abituriyentlar talabalikka qabul qilinadi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Rivojlanayotgan sohalar uchun zarur boʻlgan hamda ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qabul amalga oshirilmoqda.

Andijon davlat universitetida 8 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda 2 ta yangi magistratura mutaxassisligida qabul amalga oshiriladi.

Bakalavriatura:

- Texnologik taʼlim - 50 ta (10 ta grant/40 ta kontrakt);

- Vokal sanʼati (turlari boʻyicha) - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);

- Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha) -20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);

- Rangtasvir (turlari boʻyicha) - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);

- Amaliy sanʼat (turlari boʻyicha) - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);

- Madaniyat va sanʼat muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt);

- Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) - 25 ta (5 ta grant/20 kontrakt);

- Ijtimoiy-madaniy faoliyat - 20 ta (5 ta grant/15 kontrakt).

Magistratura:

- Ona tili va adabiyoti (qirgʻiz tili va adabiyoti) - 4 ta;

- Ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (huquq taʼlimi) - 4 ta.

Andijon mashinasozlik institutida 3 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda 2 ta magistratura mutaxassisligida qabul amalga oshiriladi.

Bakalavriatura:

- Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) - 25 ta (5 ta grant/ 20 ta kontrakt);

- Elektr energetikasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) - 25 ta (5 ta grant/ 20 ta kontrakt);

- Muqobil energiya manbalari (turlari boʻyicha) - 25 ta (5 ta grant/ 20 ta kontrakt).

Magistratura:

-Elektr mexanikasi (tarmoqlar boʻyicha) - 4 ta;

-Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) -4 ta.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?