2018 yilning oʻtgan davrida Oʻzbekistonga qancha sayyoh keldi?

14:58 10 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
788 0

Arxiv foto

TurStat tahlil agentligi 2018 yilning dastlabki toʻqqiz oyida rossiyalik turistlar eng koʻp tashrif buyurgan davlatlar reytingini eʼlon qildi.

Unga koʻra, rossiyaliklarning Oʻzbekistonga sayohat qilishi 2018 yilning 9 oyida oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 23 foiz oshib, 114 ming taga yetgan.

2018 yilda rossiyalik turistlar eng koʻp borgan hududlar roʻyxatidan Turkiya(4,9 mln.ta sayohat), Finlyandiya(2,4 mln.), Qozogʻiston(2,3 mln.), Ukraina(1,7 mln.), Xitoy(1,4 mln), Estoniya(1,3 mln.), Gruziya(979 ming), Germaniya(950 ming), Italiya(849 ming) kabi mamlakatlar ham joy olgan.

Umuman olganda rossiyaliklar xorijga 2017 yilning toʻqqiz oyidagiga nisbatan joriy yilning shu davrida 6 foizga koʻproq sayohat qilgan, yaʼni 32,9 mln. ta.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 39 ta davlat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirilgani, elektron viza tizimi joriy etilgani tufayli joriy yilda yurtimizga qariyb 4 million turist tashrif buyurdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?