2018 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktablarni qoʻllab-quvvatlash uchun 81,19 mlrd soʻm ajratildi

18:06 25 Sentyabr 2018 Jamiyat
1203 0
Foto: Xalq taʼlimi vazirligi

2018 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududdagi maktablarni moliyalash, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetdan 81,19 mlrd soʻm ajratildi. Bu esa boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilmalar orasida eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Musa Yerniyazovni Qoraqalpogʻiston Respublikasida xalq taʼlimi sohasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi. Ayni kunda Qoraqalpogʻistondagi 706 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 331 mingdan ziyod oʻquvchi tahsil olmoqda.

“Umid qilamanki, boshqa viloyat rahbarlari ham bu yoʻnalishdagi ishlarini kuchaytiradi. Bolalarga sarmoya kiritgan holda, biz oʻzimizning yorqin kelajagimizni taʼminlaymiz”, dedi Xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov 24 sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safari vaqtida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?