2018 yilda eng koʻp qidirilgan maʼlumotlar maʼlum qilindi

15:55 13 Dekabr 2018 Jamiyat
590 0

Illyustrativ foto

Google 2018 yilda butun dunyodagi foydalanuvchilar tomonidan yoʻllangan qidiruv boʻyicha soʻrovnomalarni tahlil etib, uning natijalarini eʼlon qildi.

Joriy yilda eng koʻp futbol boʻyicha jahon chempionati, Avicii taxallusli dijey, rep qoʻshiqchisi Mak Miller va yozuvchi Sten Li(har uchchovi ham shu yilda hayotdan koʻz yumgan), shuningdek, “Qora pantera” filmi boʻyicha maʼlumotlar izlangan.

Foydalanuvchilar eng koʻp Rossiyada boʻlib oʻtgan JCH, “Florensiya” toʻfoni, Amerikadagi “Mega millionlar” lotoreyasi natijalari, qirollik toʻyi(shahzoda Garri va Megan Markl toʻyi), qolaversa, AQSHdagi oraliq saylovlar natijalariga oid yangiliklarga qiziqqani ham maʼlum boʻldi.

Eng koʻp maʼlumotlar izlangan odamlar sifatida Megan Markl(shahzoda Garrining turmush oʻrtogʻi), qoʻshiqchi Demi Lovato, aktyor va rejissyor Silvester Stallone, videobloger Logan Pol va ishbilarmon ayol Xloi Kardashyan tilga olingan.

Aktyorlardan yana oʻsha Stallone, qolaversa, Pit Devidson, Bill Kosbi va Noa Chenineo, sportchilardan esa basketbolchi Tristan Tompson, futbolchi Aleksis Sanches, togʻ changʻisi ustasi Lindsi Von, snoubordchi Shon Uayt va aralash janglar ustasi Xabib Nurmagomedov eng koʻp qidirilgan.

“Qora pantera”, “Dedpul 2”, “Qasoskorlar: soʻngsizlik bilan urush” kabi filmlar Google orqali eng koʻp izlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?