2018 yilda byudjet tashkilotlari oyligi uchun salkam 24 trln so‘m ajratildi

17:01 28 May 2018 Iqtisodiyot
973 0
Foto: sputniknews-uz.com

2018 yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 35 trln 034 mlrd (4,3 mlrd AQSh dollari) so‘m ajratilgan bo‘lib, shundan 68 foizi ish haqi to‘lovlari uchun yo‘naltirilgan. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, byudjet tashkilotlarninig oylik maoshi uchun bir yilda ajratilgan jami mablag‘ 23 trln 754 mlrd 500 mln so‘mni (ayni vaqtdagi kurs bo‘yicha 2,97 mlrd AQSh dollar) tashkil qilgan.

Jumladan, ish haqi to‘lovlari quyidagicha taqsimlangan:

xalq ta’limiga – 12 169,8 mlrd so‘m;

oliy va o‘rta maxsus ta’limga – 4 007,9 mlrd so‘m;

sog‘liqni saqlashga – 6 835,3 mlrd so‘m;

madaniyat va sportga – 741,5 mlrd so‘m.

Byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ish haqlari (bazaviy) tarif stavkalaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlardan iborat. Bu borada batafsil vazirlik axborotida ma’lum qilingan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?