2018 yil qoʻshni va doʻst mamlakat — Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarimizdagi oʻzgarishlar tarixiy voqeadir

18:29 27 Dekabr 2018 Siyosat
199 0

Arxiv foto

2018 yil ikki qardosh mamlakatning oʻzaro aloqalari eng yangi tarixida muhim voqealar roʻy berdi. Biz nafaqat oʻtmishdan qolgan masalalarni ikki tomonlama manfaatlarni inobatga olgan holda muvaffaqiyatli hal etishning uddasidan chiqdik, balki davlatlararo munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichda izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdik.

Xususan, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chogʻida chegaradan oʻtish masalasini tartibga solish, fuqarolarimizning ikki mamlakat hududida 30 kun vizasiz boʻlish tartibini oʻrnatish va qator yoʻnalishlarda oʻzaro aloqalar parametrlarini aniqlashga doir hujjatlar imzolandi. Avgust oyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida ham hujjatlarning toʻliq paketi, jumladan, Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma qabul qilindi. Bu esa ikki qardosh davlat va xalqlar oʻrtasidagi yangi shakldagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlab berdi.

Tojiklar va oʻzbeklar koʻp asrlik qardoshlik munosabatlariga ega. Ikki davlat rahbarlari ana shu rishtalarni mustahkamlash yoʻlida siyosiy iroda hamda qatʼiylik namoyon etmoqda. Aynan ushbu mezonlarga asoslangan yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik oʻzaro hamkorlikda asosiy rol oʻynadi.

Shunday qilib, yakunlanayotgan yilda birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan tojik — oʻzbek sherikligi kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradigan ulkan ishlar qilindi.

Kelayotgan yilda qardosh Oʻzbekistonning barcha aholisiga baxt-saodat, farovonlik, jamiki ezgu niyatlari ijobat boʻlishini tilayman. Har bir xonadonda hamjihatlik va fayzu baraka hukmronlik qilaversin!

Sodiq IMOMI,
Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?