2018 — 2021 yillarda Sergelini rivojlantirish uchun 4 trilliondan so‘m va 362 mln. AQSH dollaridan ziyod mablag` yo‘naltiriladi

15:03 27 Iyun 2018 Iqtisodiyot
491 0
Foto: “Xalq so‘zi”

Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida 2018 — 2021 yillarda 80 ga yaqin yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun 4 trillion so‘mdan ortiq mablag‘, 362 mln. AQSH dollaridan ortiq chet el sarmoyasi jalb qilinadi.

Bu haqda jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimligi mutasaddilari batafsil ma’lumot berishdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Tadbirda ma’lum qilinishicha, tumanda o‘n mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda esa, hududda istiqbolli loyihalar ham amalga oshirilmoqdaki, natijada aholi turmush farovonligi yanada yuksaladi.

Jumladan, shu yilning 3-choragida tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida “Laura Peri Fashion” korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning umumiy qiymati 33 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Shuningdek, tumanda kelgusi yilda yuqori texnologiyali zamonaviy uskunalar yordamida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida “Orient Confestion”, shu yilda qurilish mixlari, temir simlar va payvandlash elektrodlar ishlab chiqarish bo‘yicha “Central Asiya” korxonalarini ochish mo‘ljallangan.

Qolaversa, zamonaviy besh yulduzli mehmonxona, Biznes markazi, ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, ko‘ngilochar istirohat bog‘i hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘p qavatli uylar qurish ham ko‘zda tutilgan.
Rahim ShЕRQULOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?