2018–2019-yillarda yangi (qayta) tashkil qilingan 8 ta vazirlik va idoralar faoliyati oʻrganib chiqiladi

20:30 20 May 2020 Hujjatlar
164 0

Illyustrativ surat

“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Adliya vazirligi zimmasiga qator qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklatilgan. Bu haqda Adliya vazirligi “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Jumladan, vazirlik adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etadi hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini ishga tushiradi.

Farmon bilan 2020–2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasi va konsepsiyani 2020–2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, Farmon bilan 2020–2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.

Vazirlik 2020-yil yakuniga qadar shu jumladan quyidagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishini taʼminlaydi:

Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonun loyihalari sifatida qabul qilish orqali ularning ulushini 20 foizga yetkazish;

davlat boshqaruvi tizimini funksional tahlil qilgan holda vazirlik va idoralarning kamida 10 ta funksiyalarini nodavlat sektorga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritish;

2018–2019-yillarda yangi (qayta) tashkil qilingan 8 ta vazirlik va idoralar faoliyatini oʻrganish;

elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 12 foizga yetkazish;

aholiga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan yangi xizmatlar sonini 15 taga oshirish;

nodavlat notariat shakliga aylantirilgan davlat notarial idoralarining ulushini 95 foizga yetkazish;

29 ta qonunosti hujjatlari bilan belgilangan javobgarlik va sanksiya normalarini chuqur tahlil qilish va tegishli qonunlarga kiritilishini taʼminlash.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?