2018-2019 yillarda baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan qiymati 602,3 mlrd. soʻm boʻlgan 422 ta loyiha hayotga tatbiq etiladi

17:59 27 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
737 0

Baliqning inson salomatligini taʼminlashdagi oʻrni katta. Shu bois yurtimizda ushbu tarmoqni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda yurtimizda Rossiya, Xitoy, Fransiya hamda Vyetnamdan keltirilgan Osetr, Forel, Losos, Afrika okuni, Beluga, Lesh, Oq amur, Tilapiya, Sazan, Oq doʻngpeshona va Laqqa kabi 11 ta tur mahalliylashtirilmoqda.

Baliqchilik sohasini rivojlantirishda, albatta, moliyaviy manbalardan oqilona foydalanish muhim oʻrin tutadi. Investitsiyalarni faol jalb etish va “Ipoteka bank”da tashkil etilgan kredit liniyasi ahamiyatga molik. Birgina 2018-2019 yillar davomida qator investitsion loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bergan maʼlumotlarga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan umumiy qiymati 129,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 32 ta loyiha, qayta ishlash, saqlash va muzlatish korxonalarini tashkil etish uchun 20,7 mln. AQSH dollari qiymatida 42 ta loyiha, baliq lichinkalarini ishlab chiqaruvchi inkubatsiya sexlarini modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etishga qaratilgan 2,1 mlrd. soʻmlik 32 ta hamda omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etishga oid 2,7 mlrd. soʻmlik 28 ta loyiha tayyorlangan. Ular 2019 yil oxiriga qadar yakuniga yetkaziladi.

Umuman, koʻrsatilgan muddatda respublika boʻyicha baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan qiymati 602,3 mlrd. soʻm boʻlgan jami 422 ta loyiha hayotga tatbiq etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?