2017-yilda dunyoning eng ogʻir kishisi boʻlgan meksikalik erkak koronavirusni yengdi

21:53 24 Sentyabr 2020 Dunyo
688 0

Bir paytlar dunyodagi eng ogʻir vaznli odam boʻlgan meksikalik Хuan Pedro Franko koronavirusni yengdi. Avvallari Franko 595 kg vaznga ega edi. Bu oʻrtacha kattalikdagi qutb ayigʻidan ham ogʻirroq deganidir. Unga 2017-yilda Ginnes rekordlari tomonidan dunyoning eng ogʻir kishisi sertifikati topshirilgan.

Lekin bir necha yillik diyeta, jismoniy mashqlar va oshqozonni kichraytirish uchun qilingan jarrohlik amaliyoti tufayli Franko bir necha yuz kiloga ozishga erishdi. Ayni paytda u 208 kg tosh bosadi. Shunga qaramay, Frankodagi yuqori qon bosimi, doimiy oʻpka kasalligi va qand kasalligi uning koronavirus bilan boʻlgan kurashini juda qiyin kechishiga olib keldi.

“Bu juda jiddiy kasallik. Men bosh ogʻrigʻi, tana ogʻrigʻi, nafas olishdagi qiyinchilik va isitmaga duch keldim. Men oʻlish xavfi yuqori boʻlgan odam edim” deydi Franko.

Meksika ayni paytda dunyoda koronavirus qurbonlari soni boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Bu mamlakat bolalarning ortiqcha vaznga egaligi borasida jahonda birinchi oʻrinda, kattalarning semizligi boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi. 

Meksikada SOVID-19 sabab vafot etgan 74 ming kishining chorak qismi ortiqcha vazndan aziyat chekadiganlar edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?