2017 yilda dunyo bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi keskin kamaygan

15:45 07 Iyun 2018 Dunyo
224 0

Dunyo bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 23 foiz qisqarib, 1,43 trillion AQSH dollarini tashkil etdi. 

Bunda jahon miqyosida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pasayishi, dunyo savdosida keskinlikning vujudga kelgani hamda AQSHdagi yangi soliq islohotlari asosiy omilga aylangan.

Bu haqida BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha tuzilmasi(YUNKTAD)ning yangi ma’ruzasida to‘xtalib o‘tilgan. Uning mualliflari global investitsiyalar sohasidagi eng so‘nggi tendensiyalarni tahlil etib, bu boradagi istiqbollarni baholab berishadi.

Unga ko‘ra, hisobot davrida sarmoyadorlar uchun eng jozibador mamlakatlar sifatida AQSH va Xitoy e’tirof etilgan. Rossiya ro‘yxatdagi 20 davlat ichida 13-o‘rinni olgan. Ushbu mamlakatga 2017 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish 32 foiz kamayib, 25,3 milliard dollarni tashkil etgan. Bu boradagi ko‘rsatkichlar Ozarbayjonda 36 foiz, Qozog‘istonda 42 foizga qisqargan. 

Ekspertlar rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror taraqqiy topish uchun juda zarur bo‘lgan investitsiyalar oqimi pasayishidan xavotirda ekanligini bildirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?