200000 AQSH dollariga chuv tushirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

17:57 27 Avgust 2020 Jamiyat
319 0

25 yoshli I.M., oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2019-yilning 22-mart kuni Namangan shahrida 36 yoshli N.A.ning ishonchiga kirib, unga tegishli jami 10.000 dona transport vositasi ustiga osiladigan osma chexollarga xaridor topganligini, ularni sotib pulini 10-15 kunda berishini aytib, aldab, har bir osma chexolni 20 AQSH dollaridan kelishib, jami 200.000 AQSH dollariga teng boʻlgan osma chexollarni olib ketib, ularni sotib yuborib, vaʼdasini ustidan chiqmasdan pullarni oʻzining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan I.M., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?