Ramazon oyining 11 kunida 2 mingdan ziyod haydovchi mast holatda qo‘lga tushdi

15:23 29 May 2018 Jamiyat
409 0
Illyustrativ foto/Коммерсант

21-27 may kunlari respublika avtomobil yo‘llarida 142 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 136 fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati ma’lum qildi

Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 75 ming 967 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 41 ming 845 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 232 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 969 haydovchi belgilangan tezlik talabiga amal qilmagan, 1 ming 101 haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini buzgan.

Shuningdek, xabarda odam tashish qoidasini buzgan 11 ming 938, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 373, harakat vaqtida telefondan foydalangan 805 va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 ming 340 haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgani aytilgan.

Ramazon oyining o‘tgan 11 kuni davomida YPX inspektorlari tomonidan 2 ming 26 haydovchi mast holatida avtomobil boshqarib ketayotgani aniqlanib, bu kabi huquqbuzarliklar uchun choralar ko‘rilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?