2000 ga yaqin fuqarolar Qashqadaryo viloyati hokimi huzurida nega toʻplandi?

18:57 26 Mart 2019 Jamiyat
980 0

Foto: muallif olgan surat.

Kitob tumani markaziy istirohat bogʻida Qashqadaryo viloyati hokimining sayyor qabul shaklidagi xalq bilan muloqoti oʻtkazilmoqda. Unda tumandagi ikki mingga yaqin fuqarolar turli muammolar bilan viloyat rahbariga yuzlandi.

Eʼtiborlisi, sayyor qabulda har bir murojaatchining arzi-holi diqqat bilan tinglanib, ularning eʼtiroziga sabab boʻlgan holatlarni hokimlik, masalaga daxldor boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etilyapti.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan xabar berishlaricha Qashqadaryo viloyatida aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularga maqbul yechim topish, shuningdek, hududlarda jismoniy hamda yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida viloyatdagi barcha shahar hamda tumanlarda fuqaro va tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan viloyat hokimining muloqotlari oʻtkazilmoqda.

Unda fuqarolarning hayotiy muammo hamda ehtiyojlarini hal etish uchun aholi bilan ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish, har bir davlat tashkilotining bu boradagi masʼuliyatini oshirish, har bir rahbarni xalq dardi bilan yashashga, muammolar yechimini izlashga safarbar etishga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Bugun boshlangan shu kabi ochiq muloqot viloyatning barcha tumanida oʻtkaziladi.

Ahad Muhammadiyev (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?