200-yil oldin suv toshqini ostida qolgan ibodatxona yana paydo boʻldi

16:49 30 Iyun 2020 Dunyo
106 0

Hindiston sharqida joylashgan Odish shtati aholisi gʻayrioddiy hodisa haqida xabar berishdi.

“The Daily Mail” xabariga koʻra, taxminan 200-yil oldin suv bosgan qadimiy hind ibodatxonasi yana suv ustida paydo boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 500-yil oldin qurilgan ushbu bino bir paytlar Maxanadi daryosi boʻyida qad rostlagan. Ammo XVIII asrda kuzatilgan kuchli yomgʻirdan soʻng daryo oqimi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirgan va natijada ibodatxona ham, unga yaqin atrofda joylashgan bir necha qishloqlar ham butunlay suv ostida qolgan.

Taʼkidlanishicha, ibodatxona uzoq vaqt davomida yoʻqolgan deb hisoblab kelingan. Mahalliy aholi ham uning aniq joylashgan joyini eslay olmagan. Hindiston Milliy sanʼat va madaniy meros jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan qidiruv ishlari esa muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

Ammo bir necha kun oldin Maxanadidagi suv sathi juda pasaygan va qadimiy meʼmoriy yodgorlikning bir qismi suv yuzasida paydo boʻlgan.

Guvohlarning taʼkidlashicha, bino butunlay daryo ostida joylashgan boʻlib, faqat eng yuqori qismgina koʻrinib turgan va ehtimolki, ayni shu jihat ibodatxonani topishda amalga oshirilgan urinishlarning muvaffaqiyatsiz tugashining sababi boʻlgan.

Jamgʻarma mutaxassislarining qayd etishlaricha, ibodatxonaning balandligi 18 metrni tashkil etib, umumiy nomi Satapatana boʻlgan yettita qishloqning oʻrtasida qad rostlagan.

Olimlarning fikriga koʻra, loy vayronagarchilikdan himoya qilgani bois ibodatxona yaxshi saqlanib qolgan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, butun 18 metrli binoning 15 metrga yaqin qismi choʻkindi bilan qoplangan va atigi 3-3,5 metrigina ochiq qolgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?