200 dan oshiq avtotransport vositalari festival ishtirokchilariga xizmat koʻrsatadi

08:50 31 Mart 2019 Jamiyat
562 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Mamlakatimizning janubdagi gavhari - Surxondaryoda “Xalqaro baxshichilik sanʼati” festivaliga munosib tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Termiz shahridagi asosiy tantanalar boʻlib oʻtadigan hududda bir necha sahna maydonlari, har bir hududning oʻziga xos urf-odat va anʼanalarini aks ettiruvchi ramziy qoʻrgʻon - milliy oʻtovlar barpo etildi. Badiiy jamoalar tomonidan rang-barang dasturlar tayyorlanmoqda. Festival ishtirokchilari va mehmonlarga yuqori darajada transport xizmati koʻrsatish boʻyicha aniq tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Xususan festival kunlari 30 dona “Golden Dragon”,”Yutong” rusumli 50 oʻrinli avtobus, 100 dona “Isuzu” rusumli mikroavtobus, 10 dona Gazel va Mersades Benz” rusumli avtotransport, shuningdek, 50 dona yengil avtomashinalar xizmatga shay holga keltirilgan.

Termiz shahri 5-kichik dahada joylashgan “Surxon” sport majmuasidagi 1,5 gektarlik avtoturargohda avtotransport vositalariga zarur servis xizmati yoʻlga qoʻyilgan. Haydovchilar uchun yotoqxonada zaruriy sharoitlar muhayyo etilib, avtotransport xizmatini muvofiqlashtirish boʻyicha alohida dispetcherlik shtabi tashkil etildi. Haydovchilar maxsus kiyimlar bilan taʼminlandi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?