20 yoshli yigit sodir etgan YTH oqibatida tengdoshi vafot etdi

16:03 10 Sentyabr 2020 Jamiyat
139 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 10-sentyabr kuni soat 03:15 larda, Surxondaryo viloyati, Denov tumani “Bogʻi-Eram” mahallasi hududidan oʻtgan mahalliy ichki yoʻlda, haydovchi 2000-yilda tugʻilgan S.B. «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlikni meʼyoridan oshirishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi ariqqa tushib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, «Neksiya» rusumli avtomobil yoʻlovchisi 20 yoshli S.S. ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?