20 nafar mutaxassisni malaka imtihonidan “yiqitgan” xodimga chora ko‘rildi

16:05 14 Avgust 2018 Jamiyat
319 0

Fuqaro U.D. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2018 yil 22 mayda o‘tkazilgan malaka imtihoni natijalari bekor qilinganligidan norozi bo‘lib Adliya vazirligiga murojaat qilgan. Bu haqda vazirlikning Jamoatchiik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Unda qayd etilishicha, mazkur holat vazirlik tomonidan batafsil o‘rganib chiqilib, tegishli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Natijada malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan 20 nafar fuqaroga, jumladan, U.D.ga ham baholovchi malaka sertifikati berilgan. Qo‘mitaning aybdor xodimiga nisbatan chora ko‘rilgan.

Shu bilan birga, obodonlashtirish sohasini hamda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish yuzasidan 11 yo‘nalishda 40 ga yaqin takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Vazirlik tomonidan xalq ta’limi tizimi rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi salbiy omillar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan 11 yo‘nalishda 28 ga yaqin takliflar ishlab chiqilib, Prezident devoni hamda Hukumat idoralariga taqdim etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?